FOTOREPORTAJ
Yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimligi tomonidan 500 nafardan ortiq ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari maktab formasi bilan ta’minlandi.
Mazkur ezgu tashabbusning bosh maqsadi — yangi o‘quv yilini barcha bolalar uchun quvonchli va barakali boshlash, ularning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdir. Maktab formasining beg‘araz taqdim etilishi nafaqat oilalarga moddiy yengillik berdi, balki farzandlar qalbida davlat va jamiyat e’tiborini yanada chuqur his qilishlariga sabab bo‘ldi.
- Farzandlarimizni bilimli, barkamol etib tarbiyalash — kelajagimizga eng katta sarmoya. Shu bois ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bunday e’tibor doimiy davom etadi, - dedi tuman hokimi Komiljon Mullajanov.
[gallery-24976]
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA