Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sayxunobod tajribasi” Muzrabotda ommalashmoqda
12:24 / 2024-04-19

Muzrabot tumanidagi “Surxon-Agro majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ikki ming bosh qora molga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi bunyod etmoqda.

Zamonaviy majmua yangidan o‘zlashtirilgan ming gektarga yaqin maydonda qad rostayotir. Qiymati 110 milliard so‘mni tashkil etadigan  loyiha chorvachilik kompleksi, sutni qayta ishlash korxonasi, 1 ming 200 tonna sig‘imga ega senvich panelli omborxona, ozuqa yetishtirish va saqlash joylari qurilmoqda.  

Ayni paytda majmuaning dastlabki bosqichida zotdor qoramollar keltirilib, parvarishlanayotir. Bu yerda 110 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov majmuada bo‘lib, kompleks faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorning taklif va muammolarini tingladi. Mutasaddilarga majmuaning elektr energiyasi va suv ta’minoti masalalarini hal etishga ko‘maklashish, loyihani yanada kengaytirib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlari sonini oshirish yuzasidan  tegishli topshiriqlar berildi.

Shu kuni viloyat hokimi Xalq yo‘li mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlarida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mahalladagi Xayrulla Xolliyevning asalarichilik, chorvachilik, yilqichilik, ko‘chat yetishtirish, Sanobar Qurbonovaning uy bog‘chasi, baliqchilik, limonchilik va parrandachilik, O‘ktam Saparovning milliy quroq ko‘rpalari tikish, kasanachilik kabi yo‘nalishlardagi faoliyati o‘rganilib, ularning tajribasini ommalashtirish,  bir uyda bir nechta yo‘nalishda iqtisodiy samarador loyihalarni yo‘lga qo‘yish, tomorqalardan samarali foydalanib, oilaviy daromadni oshirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri