Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayoq yurgan – tayoq yeydi
18:36 / 2020-06-20

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Guliston shahar idoralararo komissiyasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Uyda qoling!

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Guliston shahar idoralararo komissiyasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Xalqimizning sayoq yurgan – tayoq yeydi, degan dono maqoli bor. Bugun pandemiya tufayli eʼlon qilingan karantin talablari yumshatilib, bir qator maishiy obyektlar, jumladan, ovqatlanish va shu kabi shoxobchalarning karantin qoidalariga rioya qilgan holda ish yuritishiga ruxsat etildi. Biroq bu bemaqsad, xohlagan paytda, xohlagan joyda yursa boʻladi, degani emas.

– Karantin talablari yumshatildi, ammo u bekor qilingani yoʻq, – deydi Guliston shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi polkovnik Zohid Qayumov. – Ushbu tungi qoʻshma reydni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – tungi soat 22:00 dan soʻng voyaga yetmaganlarni nazoratsiz, qarovsiz va bemaqsad yurishlarini oldini olishdan iborat. Hamkorlikda oʻtkazgan tadbirimiz davomida Guliston shahri hududida tungi soat 22:00 da voyaga yetmagan yoshlar ota-onalari nazoratisiz, bemaqsad yurgani aniqlandi. Ularning barchasi shahar ichki ishlar boʻlimiga keltirilib, shaxslari aniqlandi va ota-onalari chaqirtirilib, ular bilan birgalikda profilaktik suhbatlar oʻtkazdik. 

Вояга етмаганлар-1.jpg

Bugungi pandemiya tufayli joriy etilgan karantin davrida voyaga yetmagan shaxslarning nafaqat kechasi, balki kunduz kuni ham bemaqsad koʻchaga chiqmasliklari ota-onalari nazoratisiz yurmasliklari kerakligi, ushbu xatti harakatlari bilan bu voyaga yetmagan shaxslar nafaqat oʻz salomatliklarini, balki, oila-aʼzolari, qoʻni-qoʻshnilari, mahalladoshlari va hatto hamshaharlari sogʻligini ham xavf ostiga qoʻyayotganligi taʼkidlandi. Ular bilan yana shunday holat takrorlansa, bundanda qatʼiy choralar koʻrilishi maʼlum qilindi.

Voyaga yetmagan yoshlarni qachon, qayerda kim bilan, nima bilan mashgʻul ekanini ota-ona nazorat qilmasa, juda qattiq yanglishadi. Chunki nazoratda boʻlmaganini his qilgan oʻsmir yoshidagi bola oʻzini katta boʻlib qolgan sanaydi. Bilib, bilmay turli toʻgʻri-notoʻgʻri harakatga qoʻl urib qoʻyishi hech gap emas. Bir kecha, bir necha soat davomida oʻtkazilgan tungi qoʻshma reydda 10 nafar voyaga yetmagan yoshlar oʻz ota-onasiga nisbatan maʼmuriy chora koʻrilishiga sababchi boʻldi.

Aholisi soni 70 ming kishiga ham yetmaydigan bir shaharda ahvol shunday boʻlsa, yirik-yirik shaharlardagi voyaga yetmaganlar nimalar bilan mashgʻul ekan-a?

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Guliston shahar idoralararo komissiyasining hamkorlikdagi tungi reyd tadbirlari davom etadi.