“Ekologik ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishning algoritmik va mantiqiy usullari” mavzusida
Saymanov Islambek Mirzabayevichning 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi ixtisosligi bo‘yicha “Ekologik ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishning algoritmik va mantiqiy usullari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 17-iyun kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 4-uy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Matematika fakulteti, 2-qavat, 221-xona.
Tel.: (99871) 246-02-24; faks: (99871) 246-02-24;
ye-mail: devonxona@nuu.uz