Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovoldi tashviqotini yoritishda tenglik tamoyillari
10:48 / 2023-06-09

3-Buxoro saylov okrugi matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti jarayonlarini yoritishda xolislik va tenglikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlab viloyat televideniyesi, bosma nashr hamda siyosiy partiyalar matbuot xizmatlari vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.

–O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 5 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida” gi qarorida saylov jarayonlarida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar nomzodlarining tashviqotini olib borish uchun markaziy nashrlar va davlat telekanallarida teng bosma maydon va efir vaqtlari ajratilishi belgilangan,  – deydi 3-Buxoro saylov okrugi matbuot markazi rahbari Akbar Rustamov. – Seminar ishtirokchilariga ushbu bosma maydon va efir vaqtidan foydalanish tartibi, partiyalarning belgilab berilgan ketma-ketligiga rioya etish masalalarida tushunchalar berildi.  

[gallery-12264]

Suhbat so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.  

 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov, (surat), O‘zA