Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovoldi tashviqoti va amaliyot
16:25 / 2019-10-29

Navoiy shahrida “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida jurnalistlar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun brifing tashkil etildi.


Saylov – 2019

Navoiy shahrida “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida jurnalistlar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun brifing tashkil etildi.

Navoiy viloyatidagi siyosiy partiyalarning yetakchilari va faollari, viloyat saylov komissiyasi a’zolari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi mutasaddilari ishtirok etgan brifingni Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari Hamidulla Qarchig‘aev boshqardi. “Yuksalish” umummilliy harakatining viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Jamoliddin Hamroev tadbirning maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Dastlab Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi apparat rahbari Muhammad Eshniyozov saylov kampaniyasi davrida partiya tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida bayonot berdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi yetakchisi Ilhom Rajabov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi yetakchisi Maqsud Nurullaev, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi yetakchisi Rustam Hayitov va O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi yetakchisi Alijon Jalilov saylov kampaniyasi davomida o‘zlarining olib borayotgan ishlari hamda partiyaning saylovoldi dasturlaridan o‘rin olayotgan muhim masalalar yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga asosan joriy yilning 20 oktabridan 20 noyabrigacha bo‘lib o‘tadigan “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” davomida siyosiy partiyalar vakillari bilan noan’anaviy tarzda, yangi formatdagi shu kabi brifing, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini o‘tkazib borish bo‘yicha kelishib olindi.