Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovoldi tashviqoti — Saylov kampaniyasining muhim bosqichi (+video)
19:17 / 2024-10-09

Saylov - 2024

Shu kunlarda mamlakatimiz va xalqimiz kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonlarning guvohi bo‘lib turibmiz. Ya’ni, yurtimizda parlament va mahalliy vakillik organlariga saylov kampaniyasi o‘zining qizg‘in bosqichiga kirgan. 

“Mening tanlovim – obod Vatanim!” shioriga ega mazkur saylov Qomusimizda belgilab berilgan aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. 

Bu o‘z navbatida, siyosiy tizimda demokratik tamoyillar va qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ma’lumki, Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq joriy yilning 22 sentyabr kunidan deputatlikka nomzodlarning va siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotiga start berildi. 

  • Saylov jarayonida saylovoldi tashviqotining mohiyati va ahamiyati nimada?
  • Ushbu jarayonning asosiy ishtirokchilari kimlar hisoblanadi? 
  • Saylovoldi tashviqoti qanday usullar va shakllarda amalga oshiriladi?
  • Saylovoldi tashviqoti jarayonini moliyalashtirish qaysi tartibda amalga oshiriladi?
  • Saylovoldi tashviqotiga doir talablarni buzganlik uchun qanday javobgarlik choralari belgilangan?

Shu kabi savollarga javob topish maqsadida bugun studiyamizga Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Laylo Aslonovani taklif etdik.

Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ckVX6RlMfHE" title="Saylovoldi tashviqoti qanday usullar va shakllarda amalga oshiriladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Alimov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA