Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovning qonuniy asoslari haqida nimalar ma’lum
11:22 / 2021-10-21

O‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referend natijalari taxminlarini chop etish (e’lon qilish) javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 103-moddasiga asosan, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek internet tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.

Jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish huquqbuzarlik hisoblanib, ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51(9)-moddasiga ko‘ra jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini chop etish (e’lon qilish) tartibini buzsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqbuzar tomonidan bevosita jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari, saylov natijalari taxminlari, shuningdek saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etilishi, qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazadi.

Mazkur huquqbuzarlik jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari, saylov yoki referendum natijalari taxminlari, shuningdek saylov yoki referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e’lon qilish) tartibini buzishda ifodalanadi.

Huquqbuzar tomonidan jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari, saylov natijalari taxminlari, shuningdek saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni so‘rov va saylov natijalarini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalariga rioya qilmasdan oshkor etiladi.

Nosirjon Hojiyev,
Toshkent davlat yuridik universiteti
jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi
kurashish kafedrasi o‘qituvchisi