Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovni yoritish bo‘yicha jurnalistlar akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda
16:10 / 2019-10-25

Toshkent viloyati hamda hududda markaziy nashrlarning muxbirlik punktlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar viloyat saylov komissiyasida akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda.


Toshkent viloyati hamda hududda markaziy nashrlarning muxbirlik punktlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar viloyat saylov komissiyasida akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Bu haqda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida “Saylov qonunchiligi targ‘ibotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va mas’uliyati” mavzuida o‘tkazilgan seminarda ma’lum qilindi.

MArkaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi viloyat bo‘limida bo‘lib o‘tgan amaliy muloqotda tuman va shahar hokimliklarining axborot xizmati rahbarlari, viloyatdagi bosma nashrlar bosh muharrirlari ishtirok etdi.

Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlar tobora yaqinlashmoqda. Ayni paytda esa “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar!” umumshiori ostida o‘tadigan mazkur muhim siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotir.

Mazkur jarayonda aholining huquqiy madaniyati, xususan saylov qonunchiligidan xabardorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Shu bois, mamlakatimiz bo‘ylab 20 oktabrdan 20 noyabrga qadar “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” o‘tkazilmoqda.

Saylovlarda ochiqlik va oshkoralik prinsiplarining to‘laqonli amalda bo‘lishida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyati beqiyos. Shu sababli tegishli saylov komissiyalari tomonidan ommaviy axborot vositalariga katta umid va ishonch bildirilmoqda.

Xususan, bu borada viloyat saylov komissiyasi faoliyati ochiq va oshkoralik tamoyillari asosida olib borilmoqda. Saylovga tayyorgarlik jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, saylov mavzusini yorituvchi jurnalist va blogerlar uchun zarur sharoit yaratish maqsadida viloyat saylov komissiyasi huzurida Xalqaro Matbuot markazining Toshkent viloyati bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ayni paytda viloyat saylov komissiyasida viloyat va hududagi markaziy nashrlarning muxbirlik punktlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlandi.

Ommaviy axborot vositalarida viloyatda saylovga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq materiallar muntazam yoritib borilmoqda. Jumladan, ayni paytga qadar bosma nashrlarda 80 dan ortiq, “Toshkent” telekanalida 12 ta, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda 200 dan ortiq materiallar e’lon qilindi.

Seminarda saylovni yoritish bilan bog‘liq masalalar muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.