Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovlarda OAVning oʻrni va roli
19:34 / 2019-10-15

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyati hududiy boʻlimida xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyasi aʼzolari, jurnalistlar va koʻngilli tarjimon talaba-yoshlar uchun saylov qonunchiligiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.


Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyati hududiy boʻlimida xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyasi aʼzolari, jurnalistlar va koʻngilli tarjimon talaba-yoshlar uchun saylov qonunchiligiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining viloyat boshqarmasi boshligʻi, xalqaro matbuot markazining Surxondaryo viloyati boʻlimi boshligʻi S.Salomov, viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi A.Rahmatov va boshqalar joriy yil 22-dekabr kuni Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik qizgʻin pallaga kirayotganini takidladi.

“Yangi Oʻzbekiston: yangi saylovlar” shiori ostida oʻtkazilishi eʼlon qilingan bu yilgi muhim siyosiy jarayon avvalgilaridan tubdan farq qilishi, Markaziy saylov komissiyasi ekspertlari xulosasi bilan bugundan eʼtiboran beshta siyosiy partiyaning saylovlarda ishtirok etishiga rasman ruxsat berilgani qayd etildi.

Bu yilgi saylovlarning yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida tashkil etilayotgani bu jarayonni umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora oʻtkazishda muhim omil boʻlmoqda.

– Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayonni yuqori saviyada tashkil etish uchun aholining huquqiy madaniyatini oshirishda jurnalistlarning alohida oʻrni bor, – deydi viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi, Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi viloyat hududiy boʻlimi aʼzosi Q.Choriyev. – Koʻngilli tarjimon yoshlarimizning saylov qonunchiligini chuqur bilishi ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ushbu tadbirni tashkil etib, saylov jarayonlari bilan bogʻliq yangiliklar haqida yetarli maʼlumot berildi.

Seminarda yangi qabul qilingan Saylov kodeksining mazmun-mohiyati va fuqarolarning oʻz hohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, muddatidan oldin ovoz berish tartiblari, fuqarolarning saylash va saylanish huquqlari hamda boshqa muhim masalalar xususida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilarning savollariga javob berildi.