Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovlar demokratik va xalqaro me’yorlar asosida o‘tmoqda
13:19 / 2024-10-27

Bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarni kuzatish uchun mamlakatimizga ko‘plab xorijiy kuzatuvchilar tashrif buyurgan. Ularning bir guruhi Andijon viloyatida bo‘lib, saylovlarning qay tarzda o‘tayotganligi bilan bevosita tanishmoqda, saylovlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Dmitriy Moxorov, MDH davlatlari parlamentlararo assambleyasi Parlamentarizm, fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilish va demokratik jarayonlar monitoringi xalqaro instituti eksperti, MDH davlatlari Parlamentlararo assambleyasi ekspertlar kengashi a’zosi (Rossiya):   

– Keyingi yillarda O‘zbekistonda saylov tizimini takomillashtirish, saylov jarayonlariga xalqaro va demokratik prinsiplarni joriy etish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda.   

Bugun ertalabdan xalqaro kuzatuvchi sifatida Andijon shahridagi 15-saylov uchastkasida bo‘lib, saylovlarning boshlanish jarayonini kuzatdim. Saylov uchastkasida saylovlarga tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etilganligining guvohi bo‘ldim.  

Saylov uchastkasida saylovlar belgilangan tartiblar asosida boshlandi, hech qanday qonunbuzilish holatini kuzatmadim. Ayniqsa, fuqarolarning faolligi, saylov uchastkalarida saylovchilar uchun zarur barcha sharoitlarning yaratilganligi, saylov komissiyalarida o‘z ishini puxta biladigan, muayyan tajribaga ega kishilar faoliyat yuritayotganligi, saylovlar esa milliy, xalqaro talab va me’yorlar asosida o‘tkazilayotganligini e’tirof etish o‘rinli.   

Odamlarning kayfiyati yuqori. Buning asosiy sababi yurtingizdagi tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va to‘kinlikdan deb bilaman.   

O‘zbekistonda fuqarolarning huquq va erkinligini ta’minlash, demokratik prinsiplarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi saylovlar xalqaro andozalar, demokratik prinsiplar asosida o‘tadi, xalqingiz eng munosib nomzodlarga ovoz beradi. Bu tanlov O‘zbekiston xalqining tinchlik-xotirjamligini, yurtingizning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari