Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovlar demokratik tamoyillar asosida o‘tmoqda (+video)
14:23 / 2024-10-27

O‘zbekistonda demokratik tamoyillarni mustahkamlovchi islohotlar davom etmoqda. Buni bugun bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlariga saylovlar ham yaqqol ko‘rsatdi. Parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar, proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyatidagi 1210 ta saylov uchastkasining barchasi ertalab soat 8 dan boshlab konstitutsion saylash xuquqiga ega fuqarolar bilan gavjum bo‘ldi. Ular mazkur saylovning avvalgilardan farqini tushungan holda o‘z tanlovlarini ifoda etishdi.

Farg‘ona shahridagi 88 - saylov uchastkasida hozirlik ishlari yuksak darajada ado etildi. Xatlov, saylovchilar tegishli huquqlari va partiya hamda nomzodlarning dasturlari bilan offlayn hamda onlayn tanishish imkoni yaratildi.

–2750 ta saylovchi bor. Ularning 275 nafari avvaldan ovoz berish huquqlaridan foydalandi, – deydi 88 - saylov uchatkasi raisi Husanboy Xudoyberganov. – Saylovga qadar partiyalarning vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Deputatlikka nomzodlar bilan ularning dasturlari yuzasidan muloqotlar tashkil etdik. Biz birinchi bor ovoz berayotgan yoshlar bilan alohida ishladik. Saylov qonunchiligi haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. 

Darxaqiqat, kim bilan suhbatlashmang, bu galgi saylovlarda har bir ovoz o‘z qimmatiga ega ekani, endi partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari shakllanishiga saylovchining bevosita ishtiroki borligi quvontiryapti. Buni saylov uchastkalarida bo‘lgan xalqaro kuzatuvchilar ham aloxida ta’kidlamoqda. Misr Arab Respublikasi senatori Emad Eldin Muhammadning aytishicha, O‘zbekiston iqtisodiy sohalardagina emas, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlari tufayli ham Osiyoning yetakchi davlatlari qatoriga ko‘tarilmoqda. Ovoz berishdagi erkinlik, saylovchilarining faolligi, saylovoldi partiya debatlari – bularning hammasi xalqaro talablar, mezonlarga to‘lig‘icha mos ravishda o‘tyapti, deyish mumkin.

–Men bir necha mamlakatlarda prezident va parlament saylovlarida kuzatuvchi bo‘lganman, – deydi rossiyalik xalqaro kuzatuvchi Nataliya Zadubrovskaya. –O‘zbekistondagi parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlar chog‘i esa men xalq o‘z qarori va munosabatini emin-erkin ifoda etayotganini, ammo sharqona odob ufurib turganini ko‘ryapman. Ishonch bilan aytamanki, bu jarayon erkin saylov talablariga mosdir.  

Farg‘ona viloyati saylov uchastkalariga xos jihatlardan biri axolining faolligi, mamlakat hayotidagi muhim voqelikka mas’uliyat bilan yondashuvdir.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OtmkoRtZOeo" title="Saylovlar demokratik tamoyillar asosida oʻtmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Mazkur 88 - saylov uchastkasida Farg‘ona viloyati xokimi Xayrullo Bozarov ham  ovoz berdi.  

Saylov uchastkalarida ovoz berish davom etmoqda.

Muhammadjon Obidov,Elyor Olimov (surat,video),

O‘zA muxbirlari