Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi
20:56 / 2021-08-19

Qurolli Kuchlar akademiyasi katta majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning tashkiliy huquqiy asoslari” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga taalluqli bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarni saylovchilarga yetkazish hamda saylov o‘tkazish tartibi haqidagi masalalarga batafsil to‘xtab o‘tildi.

[gallery-3483]

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi raisi Botir Sodiqov va partiya faoli Shukrullo Nazarov hamda O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori katta yordamchisi, adliya podpolkovnigi Sherzod Xayitov o‘z chiqishida saylov va uning o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim masalalar haqida gapirdi. Harbiylardan tushgan savollarga batafsil javob berildi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi belgilangan kun, saylovchilarning huquq va majburiyatlariga oid hamda “100 savolga 100 javob” nomli videorolik namoyish etildi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA