Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
17:59 / 2024-10-10

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi binosida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayev mehmonga hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Qayd etilganidek, mamlakatimizda joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlar deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. 

[gallery-19689]

Xususan, Toshkent viloyatida ham tuzilgan hududiy saylov komissiyasi tomonidan hozirgacha muhim siyosiy kampaniyaga tayyorgarlik ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Hudud bo‘yicha 1 ming 6 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, ular saylovga oid qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar, zarur zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan. Jismoniy harakati cheklangan saylovchilar imkoniyatini e’tiborga olgan holda binolarda nishab yo‘laklari barpo etilgan. Uchrashuvda xorijlik mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Shundan so‘ng Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumanida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlariga qay darajada tayyorgarlik ko‘rilayotgani ko‘zdan kechirildi. Saylov uchastkalari raislari bilan suhbatlashildi va fikr-mulohazalar almashildi. 

A.Musayev,O‘zA.