English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovga oid noqonuniy harakatlar javobgarlikka sabab bo‘ladi
11:25 / 2021-10-21

Saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko‘rish va saylov yoki referendum o‘tkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish javobgarlikka asos bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 47-moddasida, tashviqotni bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish belgilangan bo‘lib, unga asosan nomzodlar va siyosiy partiyalarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratiladi.

Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko‘rish va saylov yoki referendum o‘tkazish jarayonida qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish huquqbuzarlik hisoblanib, javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Ya’ni, bunday materiallarni qasddan qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 517-moddasiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko‘rish va saylov yoki referendum o‘tkazish jarayonida qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazishda, xuddi shuningdek turli suratlar yoki yozuvlar bitilishi ushbu huquqbuzarlikni sodir etilishi deb tan olinadi. Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo‘yiladi. Bu holat huquqbuzarlik tarkibini keltirib chiqarmaydi.

Qasddan yo‘q qilib yuborish deb bila turib axborot, tashviqot materiallarini foydalanib bo‘lmaydigan darajaga keltirishni tushuniladi.

Qasddan shikast yetkazish deganda axborot va tashviqot materiallarini shunday o‘zgarishi tushuniladiki, natijada uning mavjud holati yomonlashadi, anchagina foydalilik xususiyatini yo‘qotadi yoki foydalanishga qisman yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Bobur Otaboyev,
Toshkent davlat yuridik universiteti
jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi
kurashish kafedrasi o‘qituvchisi