Saylovda yoshlar faol qatnashmoqda (video)
Termiz shahridagi 260-saylov uchastkasida ham saylov jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Hudud aholisi ochiq-oshkora, saylov qonunchiligi talablariga muvofiq, o‘zi tanlagan nomzodga ovoz bermoqda.
Viloyatda 1 million 442 ming 512 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 33 ming 867 nafarini saylovda ilk marotaba qatnashadigan yoshlar tashkil etadi. Joriy yilgi saylovlarda ilk bora ovoz berayotgan yoshlardan birini suhbatga chorladik.
[gallery-20036]
– Bugun birinchi marta saylov jarayonida ishtirok etishim, - dedi Muzrabot tumanidan Fotima Rahmatullayeva. – To‘g‘risi, juda hayajondaman. Pasport olganda qanday xursand bo‘lgan bo‘lsam, bugun ham shunday faxr tuydim. Mening ovozim yurt taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini his qildim. Shu bois, o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.
Ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/b72DnRYcbaE?si=5dZk1RRr3l8LzKlm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat,video),O‘zA