Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovda ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi
20:30 / 2024-10-27

Bugun – 2024 yil 27 oktyabr kuni O‘zbekistonda muhim siyosiy tadbir – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining saylovi soat 08.00 da boshlandi va 20.00 da yakuniga yetdi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Konstitutsiya mahallasida joylashgan 576-saylov uchastkasi saylov jarayoni juda qizg‘in kechdi.  

Saylov uchastkasi raisi Jaloliddin Xoltoyevning qayd etishicha, uchastkaga “Konstitutsiya” nomli mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi qamrab olingan. Mahalla ahli ovoz berishda faol ishtirok etdi.

2 ming 412 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, shundan  41 nafari birinchi marotaba ovoz berdi, 10 nafar saylovchi esa muddatidan oldin ovoz bergan.

Ovoz berish jarayonini siyosiy partiyalar vakillari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda xalqaro kuzatuvchilar bevosita kuzatib bordi.

Xususan, mazkur uchastkaga 70 nafardan ortiq xalqaro kuzatuvchi tashrif buyurdi. Kuzatuvchilardan hech qanday e’tirozlar kelib tushmagan.

[gallery-20064]

Siyosiy partiyalar vakillaridan bo‘lgan kuzatuvchilarga ham zarur sharoitlar ta’minlandi.  

Uchastkada 20.00 da ovoz berish yakunlanib,  saylov uchastkasi komissiyasi a’zolari yig‘ilgan ovozlarni sanashga kirishdi.  Kuzatuvchilar bu jarayonni ham kuzatib bormoqda.

Norgul Abduraimova,

Nosir Haydarov (surat), O‘zA