Navoiy viloyatida 18-30 yoshdagi yoshlar 203 ming 102 nafarni tashkil etib, ularning 11 ming 781 nafari ilk bor saylovda ishtirok etmoqda.
Asilbek Akramov ayni paytda Buxoro davlat universiteti talabasi. U ham ko‘pchilik tengdoshlari qatori bugun bo‘lib o‘tayotgan saylovda ilk bor qatnashmoqda.
– Men ham bugungi saylovda ishtirok etish uchun Navoiy shahriga keldim. 47-saylov uchastkasida ilk bor o‘zim munosib deb bilgan nomzodlar va partiya uchun ovoz bermoqdaman. Ular O‘zbekistonimizning kelajagi va rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishiga ishonaman, – deydi A.Akramov.
[gallery-20048]
Navoiy shahrida 56 ta saylov uchastkasi tuzilgan. Bugungi kunda shahar aholisi 179 ming 451 nafar bo‘lib, saylovda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar soni 99 686 nafarni, birinchi marta ovoz berayotgan yoshlar soni 1102 nafarni, nogironligi bor fuqarolar esa 360 nafarni tashkil etadi.
– Erta tongdan bizning 47-sonli saylov uchastkamizda ham ovoz berish jarayoni ko‘tarinkilik bilan boshlandi, – deydi saylov uchastkasi kotibi Mavluda Mo‘minova. – Uchastkamiz Chinor mahallasida joylashgan bo‘lib, ko‘p qavatli uylardan iborat. 980 nafar saylovchimiz bor. Ularning 25 nafari ilk bor saylovda qatnashmoqda. Saylovchilarimiz faollik bilan ovoz bermoqda.
Ayni paytda viloyatda barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/2ahF9MdyFsE?si=WOo5JMpwJTYr5x4S" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat+video), O‘zA muxbirlari