Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Saylovda ilk bor ovoz berdim"
11:16 / 2024-10-27

Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi davom etmoqda.

Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarini bevosita kuzatish asnosida muhim siyosiy jarayonda ilk bor ishtirok etayotgan yoshlar bilan suhbatlashdik.  

Ulardan biri – Botir Zokirov nomidagi milliy estrada instituti talabasi Suhrob Xushiyev.  

– Saylovda ilk bor qatnashib, o‘zim tanlagan nomzodga ovoz berdim, – dedi S.Xushiyev. – To‘g‘risi, bu mas’uliyatli bo‘lishi bilan birga, insonda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradigan jarayon ekan. Biz ovoz berayotgan nomzodlar xalqimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz.  

Aytib o‘tish kerakki, saylov uchastkalarida ilk bor ovoz berayotgan yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkentdagi 362-saylov uchastkasida bunday yoshlarga sovg‘alar ham taqdim etilmoqda.  

N.Abduraimova,  

N.Haydarov (surat),  

O‘zA