Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovda har bir fuqaroning ovozi muhim
13:27 / 2024-10-27

Toshkentdagi 837-saylov uchastkasida ovoz beruvchilar soni 500 nafarga yetdi. Bu haqda saylov uchastkasi raisi Shakar Tojiyeva ma’lum qildi. Ayni paytda saylov uchastkasida siyosiy jarayon qizg‘in pallaga kirdi. Bu yerda 1 ming 500 nafarga yaqin fuqaro o‘z fuqarolik burchini amalga oshiradi.

O‘zA muxbiriga intervyu berish chog‘ida Shakar Tojiyeva saylov jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani, saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilganini aytib o‘tdi.

– Biz saylovlarni o‘tkazish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rdik. Saylovchilar uchun qulayliklar yaratildi. Bu jarayonda har bir fuqaroning ovozi muhim, – dedi Shakar Tojiyeva.

Saylov jarayonida ishtirok etish uchun kelgan fuqarolar orasida tumanning “Bog‘zor“ mahallasida yashovchi Nigora Zokirova ham bor. U saylov jarayonlari o‘ziga xos tarzda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tayotganini ta’kidladi.

– Bugun har bir mamlakatimiz fuqarosi ushbu siyosiy jarayonlarda faol qatnashyapti. Men ham saylovda o‘zim tanlagan nomzodga ovoz berdim. Bu mening fuqarolik burchim, – dedi N.Zokirova.

Saylovlarda faol ishtirok etish fuqarolarning demokratik jarayonlarga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘rsatadi. Ular o‘z ovozlari bilan mamlakatning kelajagiga ta’sir o‘tkaza olishini his qilmoqda.

Nasiba Ziyodullayeva,

Rustam Nazarmatov, O‘zA