Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovda aholi faol ishtirok etmoqda
10:16 / 2019-12-22

Toshkent viloyatida ham erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar yuqori saviyada boshlandi.

Toshkent viloyatida ham erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar yuqori saviyada boshlandi.

Viloyatdagi 958 ta saylov uchastkasi bugun ertalab soat 8:00 da davlatimiz madhiyasi bilan ochildi.

Bu yilgi saylovlar Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan yangi Saylov kodeksi asosida mutlaqo yangicha ruhda o‘tmoqda. Jumladan, saylovlarda 5 ta partiya ishtirok etmoqda. Siyosiy jarayonda ishtirok etish uchun Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan.

Shu ma’noda saylovlar “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tayotgani ham yangi imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz.