Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovchilar imzosini to‘plash davom etmoqda
12:08 / 2019-10-03

Joriy yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashlariga saylovlarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Joriy yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashlariga saylovlarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ayni kunlarda mamlakat siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining Saylov to‘g‘risidagi kodeksining 38-moddasiga muvofiq, siyosiy partiyalar imzo to‘plashni davom ettirishyapti.

– Belgilangan me’yorga ko‘ra, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi 3 ming 200 nafar saylovchining imzosini to‘plashi lozim, – deydi partiya viloyat kengashi raisi Zulfiya To‘yeva. –Qonunchilikka binoan saylovchilar imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek, tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib borilmoqda. Tadbir jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan saylovchilar imzosini to‘plash varaqalarini to‘ldirish tartibi va bu borada qat’iy amal qilinishi zarur bo‘lgan jihatlar elektorat vakillari hamda partiyamiz xayrixohlariga atroflicha tushuntirilayotir.

Mazkur jarayonda qonunbuzilishlariga, aniqrog‘i, imzo to‘playotgan shaxslarning saylovchilarni o‘ziga og‘dirib olishga urinish holatlari kuzatilayotgani yo‘q.

Ta’kidlash joizki, imzo to‘plash tadbiri partiyaning ikki saylov o‘rtasida saylovchilarning ishonchini nechog‘li oqlaganini baholashning o‘ziga xos barometrlaridan biridir. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan saylovdan hozirga qadar viloyatda mazkur partiya a’zolari soni 3 mingdan ziyodga ko‘payib, 34 ming nafardan oshgan.