O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatligiga nomzod Marina Jabborovaning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 11-umumta’lim maktabida o‘tgan uchrashuvda dastavval deputatlikka nomzod va uning saylovoldi dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Namangan shahridagi “Silk Granat” milliy hunarmandchilik va turizm markazi rahbari, tadbirkor va pedagog Marina Jabborova ayni paytda yuzga yaqin ayollarni ish bilan ta’minlagan.
[gallery-19643]
Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili, Axsikent arxeologiya parki direktori Anvar Ikrom, “Mehr-shafqat” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Jahongir Sharifiy, O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi raisi Sohiba G‘afforova va boshqalar 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbirning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, shuningdek, mahalliy Kengash deputatligiga nomzod M. Jabborova misolida tadbirkorlarimizning yurtimiz iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Xuddi shunday mazmundagi uchrashuvlar Namangan shahridagi Zarbdor va Ziyokor mahallalarida ham o‘tkazildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA