Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov yuksak saviyada o‘tadi
16:30 / 2024-10-14

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining matbuot markazida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Markaziy ommaviy axborot vositalari vakillari va mahalliy jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Zebuniso Alimardonova joriy yilning 27 oktyabr kuni parlament va mahalliy kengashlar saylovlariga ko‘rilayotgan hozirlik hamda muhim siyosiy kampaniyani yuksak saviyada o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

– “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida o‘tkaziladigan saylovni yuqori saviyada tashkil etish uchun viloyatda hududiy saylov komissiyasi tuzilib, o‘zining kalendar ish rejasini belgilab oldi, – dedi Zebuniso Alimardanova. – Shunga muvofiq qonunchilikda belgilangan muddatlarda 257 nafar a’zodan iborat 15 ta tuman, shahar saylov komissiyalari, xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha 50 ta okrug saylov komissiyasi, 865 ta uchastka saylov komissiyasi tashkil etildi. Tuman, shahar saylov komissiyalarida 478, uchastka saylov komissiyalarida 9 ming 451 a’zo faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi oltita bir mandatli saylov okrugi tuzildi. 

Anjumanda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati, saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi “E-Saylov”ning o‘rni, saylov komissiyalari a’zolarining milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti hamda xalqaro saylovga oid standartlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan olib borilgan ishlar, muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarining tartib-taomillari kabi masalalarda ham fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. 

Anjuman doirasida Termiz davlat universitetida tashkil etilgan 251-saylov uchastkasiga press-tur uyushtirildi. Barcha sharoitlarga ega saylov uchastkasida komissiya raisi Norquvvat Yangiboyev jurnalistlarni muhim siyosiy kampaniyaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Ishtirokchilar komissiya a’zolari bilan suhbatlashib, boy taassurotlarga ega bo‘ldi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri