Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov – xalqimizning xohish-irodasini namoyon etadi
15:12 / 2021-10-24

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Ovoz berish jarayonida o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolar ishtirok etmoqda.

Chilonzor tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Shomurod Sattorov ham saylovda oilaviy ishtirok etdi.

- Sohibqiron Amir Temur bobomiz «Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi», deb ta’kidlagan, - deydi Sh. Sattorov. - Shu nuqtai nazardan qonun ustuvorligini ta’minlash biz bunyod etayotgan demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanadi. Saylov – xalq o‘z hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga chiqarishning oliy ifodasidir.

Konstitutsiyamizda qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.

Albatta, mamlakatning jahon miqyosidagi nufuzi ko‘p jihatdan unda amal qilayotgan saylov tizimining ochiq va oshkoraligiga, xalqaro huquqda umume’tirof etilgan demokratik normalarga muvofiqligiga ham bog‘liqdir. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o‘z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega ekani qayd etilgan. Shu ma’noda, saylovda ishtirok etish eng oliy huquqdir.

Men ham yurtim va oilamning kelajagi uchun bugun o‘zim munosib, deb bilgan nomzodga ovoz berdim. Bu jarayonda barchaning faol ishtirok etishi burch va mas’uliyat deb bilaman.

D. Mamatova, O‘zA