Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Saylov va yoshlar“ ochiq muloqoti ish boshladi
12:10 / 2024-10-02

Ayni paytda poytaxtimizdagi “Simpoziumlar saroyi“da tashkil etilgan Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida “Saylov va yoshlar“ ochiq muloqoti o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovini milliy qonunchilik hamda umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga mos ravishda tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Siyosiy jarayonlarga tayyorgarlik ko‘rish, qonunchilik normalarini alohida keng tushuntirish, ko‘p sonli yosh saylovchilarga yangilangan saylov qonunchiligi, uning mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyati xususida atroflicha axborot berilmoqda.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev va vazirlik, tashkilot hamda idoralar rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari qatnashyapti.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA