Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov uchastkasiga kelolmaydigan fuqarolar uchun uy sharoitida ovoz berish imkoniyati yaratilgan
10:43 / 2023-07-09

Bugun Prezident saylovini o‘tkazish uchun tashkil etilgan saylov uchastkalari saylovchilar o‘z xohish-irodalarini emin-erkin bildirishi, konstitutsiyaviy huquqlaridan to‘laqonli foydalanishlari uchun shay holatga keltirilgan.

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 323-saylov uchastkasi komissiya raisi Gulbahor Sobitovaning ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur saylov uchastkasida jami 1 ming 555 nafar saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 16 nafari nogironligi bor shaxslar hisoblanadi. 18 nafari birinchi marotaba ovoz beruvchi saylovchilar.

Hududdagi sog‘lig‘idagi muammolar yoki keksaligi bois saylov uchastkasiga kelolmaydigan fuqarolar uchun uy sharoitida ovoz berish imkoniyati ham yaratilgan. Shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan saylovchilarning binoga kirishi va chiqishi uchun alohida yo‘lak, ovoz berishi uchun ham maxsus joylar hozirlab qo‘yilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA