Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov uchastkalaridagi saylovga tayyorgarlik jarayoni o‘rganilmoqda
10:24 / 2021-09-26

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish kunini belgilash va saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021 yil 23 iyuldan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berilgan edi.

Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 9 avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 8-Sirdaryo saylov okrug komissiyasi tuzildi. Saylov kodeksining 10-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarini tuzish bo‘yicha tuman va shahar hokimliklari taqdimnomalari qabul qilinib, 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasining 2021 yil 24 avgustdagi 2/5-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 284 ta saylov uchastkalari tasdiqlandi.

8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi a’zolari Sirdaryo tumanidagi saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik ishlari, uchastkalarning jihozlanishi, moddiy-texnik bazasi, sanitariya-gigiyena holatlariga rioya qilinishi holatlarini o‘rgandi.

Sirdaryo tumanida jami 43 ta uchastka saylov komissiyalari tashkil etilgan bo‘lib, har bir saylov uchastkalarida Saylov qonunchiligi asosida hujjatlar shakllantirilgan.

– 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi a’zolari faoliyatimizni qonunchiligimiz asosida tashkil etishga ko‘maklashishmoqda. Bizga markazlashgan holda O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi, yuz savolga - yuz javob qo‘llanmasi, saylovga oid xujjatlar to‘plami, huquqiy axborot materiallari, plakatlar yetkazib berildi, – deydi 219-saylov uchastkasi raisi Shuhrat Rizaxo‘jayev.

8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi a’zolari tomonidan saylov uchastkalari faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (Suratlar) O‘zA.