Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik bormi?
16:22 / 2019-10-14

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mazmun-mohiyati va saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.


Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mazmun-mohiyati va saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyati ma’muriy sudlari sudyalari ishtirok etgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga ko‘maklashish” loyihasi III bosqichi doirasida tashkil etildi.

Ayni kunlarda mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston. Yangi saylov” shiori ostida o‘tkaziladigan muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Seminarda Saylov kodeksi va undan o‘rin olgan 30 dan ortiq yangi normalarda o‘z ifodasini topgan ko‘plab o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligidagi yangiliklar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, “Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim jihatlari tahlili”, “Saylov huquqiga oid nizolarni sud tomonidan ko‘rib chiqilishi bo‘yicha xalqaro tajriba” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

– Saylovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan, – deydi Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi raisi A. Eranov. – Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda saylovga oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi 8 ta modda o‘z ifodasini topgan. Bugun o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va mas’ul xodimlari, Toshkent davlat yuridik institutining professor-o‘qituvchilari bu borada batafsil tushuntirish berdi.

Qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tkazilgan seminarda ko‘tarilgan masalalar kelgusida sudlar tomonidan saylov qonunchiligini buzish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqilishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.