Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov tartibiga oid qonun loyihasi yuzasidan 400 ga yaqin taklif kelib tushgan
18:16 / 2023-10-24

Ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi shu yilning 10 oktyabr kunidan 24 oktyabr kuniga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Jamoatchilik muhokamalari davomida qonun loyihasi yuzasidan 400 ga yaqin taklif-mulohazalar kelib tushgan. Muhokamalarda yoshlar, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari va siyosiy partiyalar vakillari katta qiziqish bilan ishtirok etib, o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ushbu Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda atroflicha ko‘rib chiqildi.    

— Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish, Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish belgilanmoqda, — dedi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov. — Xususan, saylov okruglari yetmish beshta hududiy bir mandatli hamda yagona saylov okrugiga bo‘linmoqda. Bunda partiya ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasiga saylovni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanmoqda. Ya’ni, Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati amaldagidek majoritar tizim asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari esa partiya ro‘yxati bo‘yicha yangi taklif etilayotgan proporsional tizim asosida yagona saylov okrugidan saylanishi ko‘zda tutilmoqda. 

Saylov kodeksiga saylov komissiyalarining vertikal tizimini nazarda tutuvchi qoidalar, xususan “Markaziy saylov komissiyasi — hududiy saylov komissiyasi — tuman va shahar saylov komissiyasi — okrug saylov komissiyasi — uchastka saylov komissiyasi” tuzilmasi taklif etilmoqda. Bunda viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalari o‘rniga hududiy saylov komissiyalari tuzilishi nazarda tutilyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini hamda Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarini tuzish tartibidan voz kechish hamda ularning vazifalarini hududiy saylov komissiyalariga yuklash taklif etilmoqda.  

Qonun loyihasi bo‘yicha keng jamoatchilik muhokamasi davomida bir qator takliflar kelib tushdi. Har bir taklif dolzarbligi, Konstitutsiya normalariga, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga, belgilab olgan strategiyamizga hamda xalqaro huquq normalariga zid kelmasligi, uni amalga oshirishning salbiy oqibatlari yo‘qligi kabi mezonlar asosida saralab olindi. Ularning aksariyati loyihada aks ettirildi.    

Shuningdek, qonun loyihasi ilmiy xodimlar va ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.    

Qonun loyihasida ayrim bo‘shliqlar aniqlanib, ularni huquqiy jihatdan to‘ldirishga qaratilgan qoidalar kiritildi. Jumladan, qonun loyihasining konsepsiyasida saylovlarni professional tarzda tashkil etish va o‘tkazishga qodir bo‘lgan saylov organlarining vertikal tizimini tuzish taklif etilgan. Shu bois ham loyiha bilan endilikda barcha darajadagi saylov komissiyalarining vakolatlari Saylov kodeksida aniq ochib berilmoqda. Biroq, Kodeksda belgilab bo‘lmaydigan tashkiliy-texnik masalalar, aniqrog‘i, saylov komissiyalarida ish yuritish tartibi kim tomonidan belgilanishi ochiq qolib ketgan edi. Shundan kelib chiqib, Saylov kodeksining 26-moddasi uchinchi qism bilan to‘ldirilib, unda “hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarida ish yuritish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanishi” aniq ko‘rsatib o‘tildi, — dedi J.Shirinov.  

Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining moddalari deputatlar va mutaxassislar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.    

 

Muhtarama Komilova,  

O‘zA