FOTOREPORTAJ
Xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga fuqarolar yuksak mas’uliyat bilan yondashib, mamlakat kelajagi uchun daxldorligini namoyish etmoqda.
Buni Poytaxtimizning Sergeli tumani Quruvchilar dahasidagi 187-saylov uchastkasida ham kuzatish mumkin.
[gallery-20046]
Ushbu saylov uchastkasida ovoz beruvchi fuqarolar soni 2312 nafardan iborat bo‘lib, ulardan 19 nafar yosh saylovda ilk bor ovoz berish huquqidan foydalanmoqda.
Ta’kidlash joiz, mazkur saylov uchastkasida siyosiy jarayonni qonunchilik tamoyillariga amal qilgan holda o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilgani ovoz berish jarayonida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgani esa saylovning ochiq, shaffof va oshkoralik asosida o‘tayotganidan dalolatdir.
Kamola Yusupova,
Oybek Pardayev (surat), O‘zA