Aholining saylovga oid huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida adliya organlari tomonidan joylarda keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashkil etilgan seminar saylov qonunchiligi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Sherozbek Dodoyev va Dilnoz Umurzoqova ishtirok etib, saylov jarayonida qonuniylik, kampaniyaning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda OAVlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining roli, “E-saylov” axborot tizimining ahamiyati bo‘yicha zarur ma’lumotlar berdi.

Tadbirda yangi saylov tizimining ahamiyati va afzalliklari batafsil tushuntirilib, ushbu siyosiy jarayon saylovchilarning huquqiy ongini yuksaltirish, ijtimoiy- siyosiy faolligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri