Saylov qonunchiligi buzilyaptimi?
Xalqaro matbuot markazida saylovga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Xalqaro matbuot markazida saylovga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylov 10 ming 260 saylov uchastkasida qizgʻin davom etmoqda.
MSK raisi M. Abdusalomov saylov tarixida ilk bor avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanilganini qayd etdi. Natijada 20, 5 million nafarga yaqin saylovchi roʻyxatga olindi. Shundan 97, 7 foiz saylovchi Oʻzbekistonda, qolgani xorijiy davlatlarda.
Saylovda 5 ta siyosiy partiyadan nomzodlar ishtirok etmoqda.
757 nomzod roʻyxatga olingan boʻlsa, ulardan 6 nafari saylovgacha oʻz nomzodini qaytarib oldi.
Saylov jarayoni boshlanganiga ikki soatdan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa, biror bir qonunbuzarlik boʻyicha shikoyat yoki murojaatlar tushmagan.
Matbuot anjumanida ishtirok etgan xorijiy kuzatuvchilardan ayrimlari saylov uchastkalarida boʻlgani, barchasi demokratik talablar asosida, yuqori saviyada tashkil etilganini eʼtirof etdi.