Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Saylov, oʻtdi-ketdi” degan naqlga rioya qilish - xalqning ishonchini puchga chiqarish boʻlib qoladi
08:50 / 2020-07-30

Bugungi fuqarolarimiz har bir deputatning uygʻotguvchisi va tebratguvchisidir


Bugungi fuqarolarimiz har bir deputatning uygʻotguvchisi va tebratguvchisidir. Avvallari negadir odamlarimizning xalq va davlat oʻrtasidagi koʻprik hisoblanmish - deputatga boʻlgan ishonchi kuchsiz edi.

Yangi saylov, yangi saylangan deputatlar uchun yangicha faoliyat boshlovchi eshiklarni ochib berdi. Guvohi boʻlganingizdek, aholining saylovga boʻlgan masʼuliyati, ishonchi va qiziqishi oʻn karra oshdi. Targʻibot jarayonlarida ham dasturlarimiz bilan batafsil tanishgan fuqarolarimizni koʻrdik. Fuqarolarimizning ishonchini oqlash maqsadida biz ham yana-da sergak tortdik. Xalqning oldidagi masʼuliyatimiz yana-da qattiq ishlashga, mehnat qilishga undadi.

“Saylov, oʻtdi-ketdi” degan naqlga rioya qilish, shunchaki xalqni aldash va ishonchini puchga chiqarish boʻladi. Saylov oʻtganidan shu kungacha yuzlab xonadonlarning, fuqarolarning qabulida boʻldim. Qizigʻi, bu safar ularni men emas, ular meni qidirib keldi. Muammolari borligini, kerakli tashkilotlar va hokimiyatga olib chiqishimiz kerakligini soʻrashmoqda. Qizigʻi, oʻz hududimdagi nuroniy va jamoatchi otaxonlar oyda 4-5 marotaba mahalla guzariga chaqirib, oy davomida qilingan ishlar va kelgusi qilgan ishlarim haqida ham mendan soʻrashyapti. Muammolarini aytishib, hal qilishda ishtirok etishimni bildirishyapti. Bu nima degani? Yangi saylovdan fuqarolarimizning ishonchlari katta edi. Bu kundek ravshan. Ular esa deputatni tanimasliklari va hech qanaqa muammolarni hal qila olmasligimiz haqida bot-bot takrorlashar edi. Xuddiki lotorey oʻynamasdan, menga hech qachon yutuq chiqmaydi, deydigandek. Sababi, saylov masʼuliyatini his qilmasdan toʻgʻri kelgan nomzodga ovoz berishganlari yoki shunchaki ishtirok etmay qolishganlari hammamizga ayon.

Fuqarolar chaqirmasa, deputatning ham qulogʻi tinchdek, deputat ham oʻz masʼuliyatini his qilmasdan yuravergan edi. Ammo u zamonlar oʻtmishda oʻtib ketdi. Yangi saylov fuqarolarning huquqiy daxldorligini oshirgani shaxsan meni quvontirmoqda. Hozir yurtimizda qatʼiy karantin cheklovlari oʻrnatilgan. Fuqarolarimizning karantin mobaynidagi muammolarini esa aniqlashga va yechishga majburmiz. Fuqarolarimiz - bizni tergovchi, tebratuvchi va mudroq holatimizda uygʻotuvchi. Agar ular masʼuliyatimizni oshirib turishsa, biz bundanda samaraliroq xizmat qilishga tayyormiz!

Jahongir Jiyanov,
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, OʻzLiDeP Andijon shahar Kengashi Apparat-rahbari