Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov: mutaxassis uchastkalar faoliyatini o‘rgandi
20:30 / 2021-10-04

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish kunini belgilash va saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021 yil 23 iyuldan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berilgan edi.

8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasining 2021 yil 24 avgustdagi 2/5-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 284 ta saylov uchastkasi tasdiqlangan. Hududdagi saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik ishlari, joylardagi saylovchilarning huquqiy savodxonligi va saylov madaniyatini oshirish borasida okrug saylov komissiyasining a’zolari doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Sirdaryo okrug saylov komissiyasi matbuot markazi xabariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining a’zosi Bahodir Yunusov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rishda okrug va uchastka saylov komissiyalari oldida turgan asosiy vazifalar bo‘yicha respublika hududlarini monitoring qilish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Sardoba tumanidagi 187-188-189-saylov uchastkalarida bo‘ldi.

Bahodir Yunusov saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati haqida, uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning dastlabki ro‘yxatini olganidan keyin uni mazkur uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan aniqlashtirish choralarini ko‘rishi, bu jarayonda saylov uchastkasi a’zolariga katta mas’uliyat yuklanishini ta’kidlab, mazkur bosqichni saylov qonunchiligiga asosan o‘tkazish to‘g‘risida tegishli tavsiyalar berdi.

Sh.Suyarov, O‘zA