English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov kuni 18 yoshga to‘ladigan fuqaro ovoz bera oladimi? (+video)
08:10 / 2024-10-20

Saylovga oid savolim bor...

27 oktyabr kuni parlament va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlar yuzasidan saylovchilardan kelayotgan savollarga mutaxassis ko‘magida javoblar taqdim qilishda davom etamiz.  

– Qonunchilikka ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan fuqaro saylovda ovoz berish huquqiga ega. Men saylov kuni 18 yoshga to‘laman. Shunda ovoz berishda ishtirok eta olamanmi?

Ushbu savolga Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Muxtabar Husanova javob berar ekan, saylov kuniga qadar va saylov kuni 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro saylovda ovoz berish huquqiga ega ekanligini qayd etdi.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/A4aAr6ZBDy8" title="Saylov kuni 18 yoshga toʻladigan fuqaro ovoz bera oladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,

Abror Sodiqov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA