English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tavsiya etildi
10:59 / 2023-05-18

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi Xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlari bilan videokonfrensaloqa ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi.

Hududdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, viloyat korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi tarkibiga nomzodlarni tavsiya etish masala muhokama qilindi.  

Sessiyada Kengash raisi Normat Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini o‘qib eshittirdi. Bildirilgan fikr va mulohazalar inobatga olingan holda tegishli qaror qabul qilindi.  

Shuningdek, sessiyada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida viloyat hokimi o‘rinbosari M.Mamadiyarovaning, viloyatda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida Xalq qabulxonasi mudiri F.Quvondiqovning hamda umumta’lim maktablarining joriy yil 1 may holati bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari asosida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarni baholash natijalari haqida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Uvaytovning hisoboti tinglandi.  

Sessiyada barcha masalalar atroflicha tahlil etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA