Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov jarayonida axborot xavfsizligi taʼminlanadi
10:54 / 2019-08-24

Saylov tizimi nafaqat davlat hokimiyati organlarini demokratik shakllantirish, balki fuqarolik jamiyatining davlat boshqaruvida ishtirok etish darajasi koʻrsatkichi hisoblanadi.


Saylov tizimi nafaqat davlat hokimiyati organlarini demokratik shakllantirish, balki fuqarolik jamiyatining davlat boshqaruvida ishtirok etish darajasi koʻrsatkichi hisoblanadi.

Oliy Majlis Senati yigirma birinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan “Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Qonun saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar asosida ishlab chiqildi. Unga muvofiq 20 dan ortiq qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, qonunchilikka ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarida ishtirok etish huquqini berish maqsadida tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Maʼlumki, joriy yil mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – parlamentga saylovlar yili boʻladi. Shu tufayli saylov komissiyalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, saylovlarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish, saylov jarayonida axborot xavfsizligini taʼminlash muhim yoʻnalishlardan biri.

Majlisda muhokama etilgan ushbu qonunda shu kabi muhim jihatlar qamrab olingan.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.