Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov huquqi fuqarolarning konstitutsiyaviy, siyosiy huquqlaridan biridir
16:57 / 2019-11-18

O‘zbekistonda 28 yildan buyon saylov jarayonlarini mukammal tashkil etish borasida qanchalik ko‘p sa’y-harakatlar amalga oshirilmasin, hanuz fuqarolarimiz yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi ma’lum bo‘ladi.


O‘zbekistonda 28 yildan buyon saylov jarayonlarini mukammal tashkil etish borasida qanchalik ko‘p sa’y-harakatlar amalga oshirilmasin, hanuz fuqarolarimiz yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi ma’lum bo‘ladi.

Shu ma’noda joriy yilning 22 dekabr kuni Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman/shahar kengashlariga saylovlardan oldin O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov Komissiyasining 2019 yil 11 oktabr kuni “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida qarori qabul qilingan edi.

Bugun mamlakatimizdagi bir qancha tashkilot va muassasalar qatorida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Markaziy apparati, hududlardagi birlashma va jamiyatlarida ham bir qancha tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etildi. 

Jumladan Federatsiyaning Markaziy apparatida “Saylov-2019” mavzusida kengaytirilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda bu yilgi saylovda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi xususida Federatsiya xodimlariga ma’lumotlar berildi.

“Xalqaro matbuot markazi” haqida hamda jazoni o‘tash muassasalaridagi shaxslar ham saylovda ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafsil berib o‘tildi.

Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, saylovda ishtirok etayotgan nomzodlar haqida ham ma’lumotlar olishdi.