Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov – 2024: tayyorgarlik uyushqoqlikda o‘tmoqda
15:03 / 2024-09-07

Mamlakatimizda joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 29 may kuni qabul qilgan qaroriga muvofiq, mamlakatimiz tarixida birinchi marta viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari tuzildi. Xususan, Toshkent viloyatida ham tuzilgan hududiy saylov komissiyasi shu kunlarda muhim siyosiy kampaniyaga tayyorgarlik ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.  

Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayevdan mazkur jarayonlar haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.

Bu siyosiy tadbirlar barchamiz uchun muhimdir. Belgilangan tartibga ko‘ra, Toshkent viloyatining ma’muriy markazida barcha qulay sharoitlarga ega bo‘lgan bino tanlab olindi va unda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan namuna asosida saylov stendlari bilan jihozlandi.  

E’tiborlisi, “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida bo‘ladigan siyosiy kampaniyani hududda milliy saylov qonunchiligimiz doirasida ochiq, oshkora tashkil etish uchun viloyat hududiy saylov komissiyasining birinchi tashkiliy majlisida komissiya ish rejasi, ish tartibi, vazifalar taqsimoti, nomenklatura, 21 nafar komissiya a’zolarini (shundan 10 nafari ayollardir) hududlarga biriktirish va navbatchilik bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.  

Shu kungacha ular ishtirokidagi yig‘ilishlarda tegishli qarorlar qabul qilinmoqda. Masalan, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga tegishli mandat berildi. Matbuot markazi ham tashkil etilib, 4 nafardan iborat mutaxassislar jalb qilindi.

Hozirgacha tuman-shahar saylov komissiyalari Hududiy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlandi. Bugungi kunda Kalendar reja asosida faoliyat olib bormoqda. Joylarda deputatlik o‘rinlari jami 530 ta bo‘lib, Ohangaron shaharda 15 ta, Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlarida 20 ta, qolgan tuman shaharlarda 25 tadan belgilangan.  

Shu bilan birga, viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta saylov okrugi tuzildi. Ularga 562 nafar okrug saylov komissiyasi a’zolari tasdiqlandi. Tuman-shahar hokimlaridan saylov uchastkalarini tuzish bo‘yicha taqdimnomalar ko‘rib chiqildi. Umumiy olganda Toshkent viloyati bo‘yicha 1 ming 5 ta saylov uchastkasi tuzildi va shulardan 35 tasi maxsus saylov uchastkalaridir.  

Saylov uchastkalarning 609 tasi maktablarda, 45 tasi kasb-hunar maktablari va texnikumlarda, 105 tasi mahalla binolarida, 55 tasi tibbiyot, sanatoriy va dam olish maskanlarida, 65 tasi davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda, 54 tasi madaniyat va sport markazlarida, 32 tasi harbiy qism va ozodlikdan mahrum etish muassasalarida, 10 tasi oliy o‘quv yurtlari va 8 tasi Adliya bo‘limi binolarida joylashadi.

Shu kunlarda esa hududiy trenerlar tomonidan tashkil etilgan o‘quv-amaliyot seminarlarida uchastka saylov komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari hamda kotiblari o‘qitilyapti. Asosiy maqsad ularning saylov tizimidagi yangiliklardan xabardor etish hamda saylov jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish uchun bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdir.

A.Musayev,O‘zA.