English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov - 2023: MSKda OAV vakillari uchun seminar-trening o‘tkazildi (+video)
19:38 / 2023-06-17

16 iyun kuni Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda OAV vakillari uchun saylov jarayonlarini yoritishning o‘ziga xos jihatlari va zamonaviy yondoshuvlar yuzasidan amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Unda MSK mutasaddilari, AOKA xodimlari, media ekspertlar hamda jurnalistlar, fotomuxbirlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi, ularning OAVda teng huquqlilik asosda yoritilishini ta’minlash, saylov jarayonlarida yolg‘on axborotlarning tarqalishi va ularning oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan mezonlar, shuningdek, saylov jarayonlarini yoritishda OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, saylov jarayonlarini yoritishda jurnalistlarning huquqlari hamda avvalgi saylov va referendum jarayonlarida OAV vakillari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari haqida ham dalillar asosida misollar ko‘rsatildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/R3e5n6zmYB0" title="Saylov - 2023: MSKda OAV vakillari uchun seminar-trening o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Seminar-trening jurnalistlarning saylov jarayonlarida faol, xolis va shaffof faoliyat ko‘rsatishlari uchun amaliy-nazariy jihatdan samarali bo‘ldi.

O‘zA