English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov – 2023: avtomobil yuvish shoxobchalarida suvdan takroran foydalanishni joriy etish taklif qilinmoqda
14:01 / 2023-06-15

Muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, nomzodlar va ularning dasturlarini targ‘ibot qilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Yunusobod tumanida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Hamzayevning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Xayrullo G‘afforovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan bir qator muhim tashabbuslar haqida saylovchilarga ma’lumot berdi. Xususan, nomzodning saylovoldi dasturidagi iqtisodiyotni isloh qilishga qaratilgan takliflarga to‘xtaldi.  

Shuningdek, shaharsozlik faoliyatida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, mamlakatda polietilen, poliamid tarkibli qadoqlash mahsulotlari, bir martalik ishlatiladigan plastik idishlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish kabi muhim tashabbuslar borasida batafsil ma’lumot berdi.  

Bundan tashqari, saylovchilarga aholining suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash, rivojlantirish, suvga bo‘lgan oqilona munosabatni muqaddas burchga aylantirish g‘oyasini targ‘ib qilish, shu bilan birga, transport vositalarini yuvish shoxobchalarida suvdan takroran foydalanish tizimini joriy etish kabi takliflar haqida ma’lumotlar berildi.  

Ishonchli vakil uchrashuv so‘nggida saylovchilarni O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilayotgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA