Bugungi globalizatsiya sharoitida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosatda ko‘p qirrali yondashuvni amalga oshirayotgani tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mintaqa davlatlari xalqaro maydonda umumiy manfaatni ilgari surish, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida “S5+” kabi formatlarda taraqqiy etgan davlatlar bilan samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘ymoqda.
Ayni jarayonda Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etib, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda samaradorlikka erishilmoqda. Ayniqsa, transport-logistika loyihalari, energetika, mehnat migratsiyasi, xavfsizlik va ta’lim sohalaridagi hamkorlik mintaqa taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Ma’lumki, kecha Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda ko‘p tomonlama sheriklikni yanada rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari, shuningdek xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.
O‘zA muxbiri mazkur yig‘inda mamlakatimiz tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar xususida siyosiy fanlar doktori, professor Sayfiddin Jo‘rayevning fikrlarini yozib oldi.
Ushbu intervyuni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pSFuY5-Vk5U" title="Sayfiddin Jo‘rayev: Prezidentimiz tashabbuslarimintaqa farovonligiga xizmat qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘.Alimov, I.Ismatov (video), O‘zA