Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saxovatpesha insonlarga katta rahmat (+ video)
17:19 / 2021-10-02

O‘tgan yili “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat bo‘limlari, tuman, shahar bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi ehtiyojmand oilalar, nogironligi bor va surunkali kasalligi mavjud ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlab, ularning bugungi hayotidan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi dunyoga chang solgan bir paytda faoliyat boshlagan jamg‘arma ham keyingi yillarda mamlakatimizda xalq manfaatini ta’minlash, odamlarning turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar ko‘lami yanada kengayib borayotganini keng namoyon etdi. Ehtiyojmand oilalar, ko‘makka muhtoj onalar va ularning kasallikdan forig‘ bo‘lgan farzandlariga kutilmagan quvonchlar ulashdi.

Jamg‘arma tashkil etilganidan buyon birgina Surxondaryo viloyatida ko‘plab ehtiyojmand fuqaroga yordam ko‘rsatilib, ular moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida jamg‘arma hisob raqamiga 36 milliard 220 million so‘mdan ortiq mablag‘ tushdi. Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyalarining qarori bilan mazkur mablag‘ning 2 milliard 449 million 219 ming so‘mi mehnatga layoqatli ishsiz ehtiyojmand oilalarning 1 ming 813 a’zosi bandligini ta’minlash uchun yo‘naltirildi. 5 milliard 571 million 79 ming so‘mi moddiy yordam so‘rab murojaat etgan 2 ming 901 kishiga berildi. 866 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga 337 million 521 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 759 nafar nogironligi mavjud va surunkali davolanishga muhtoj kishilarga 1 milliard  840 million 61 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Masalan, Sariosiyo tumanida to‘rt farzandni tarbiyalayotgan yolg‘iz ona Fazilat Nazarovaning ikkinchi farzandi tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan. U 4 yoshli farzandini davolashda amaliy yordam so‘rab, viloyat hokimi To‘ra Bobolovga murojaat etdi. Uning yashash sharoiti o‘rganilib,  jarrohlik amaliyoti uchun zarur yordam ko‘rsatildi. Poytaxtdagi shifoxonaga 22 million so‘m o‘tkazib berildi.

– Men yolg‘iz ayolman, – ¬deydi F.Nazarova.¬ – To‘rt nafar farzandim bor. Taqdir taqozosi bilan turmushimdan ajrashganmiz. Ikkinchi farzandim Farzona tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan. 2016 yil tug‘ilgan bo‘lsa, 2019 yilda tug‘ma yurak nuqsoni borligini bildik. Men viloyat hokimligiga murojaat qildim. Sizga yordam beramiz deyishdi. Aprel oyida murojaat etgan bo‘lsam, 24 may kuni menga xabar keldi. Toshkent shahriga borib, operatsiya qildirib kelishingiz mumkin. 22 million so‘m miqdoridagi pul tushdi, dedi. Keyin men qizimni olib bordim. 1 oy 8 kun davolashdi. O‘sha shifoxonada yotib davolandik. Chunki, jigar serrozi ham bor edi.  Jigar serrozini 2018 yil Moskvaga olib borib, davolatib kelgan edim. Yolg‘iz ayolligim uchun operatsiyasiga imkoniyatim yetmadi. Hozir qizim xudoga shukr besh yoshda. Yaxshi. Oldingiga qaraganda charchog‘i yo‘q. Yaxshi har taraflama sog‘lom, o‘zi yura oladi. O‘zi yurolmas edi. Ozroq yursa charchab qolar edi. Uxlolmas edi. Yuragi qisar edi.

Men saxovatpesha insonlarga, mutasaddi rahbarlarga ona sifatida o‘z minnatdorligimni bildiraman. Hammaga katta rahmat.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SFE4zcqjevs" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,O‘zA