French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saxovat - vaqt va makon tanlamaydigan tushunchalardan biri
12:45 / 2020-04-29

Bugun vaqt va makon tanlamaydigan tushunchalardan biri, bu - saxovat va koʻmakdir.


Bugun vaqt va makon tanlamaydigan tushunchalardan biri, bu - saxovat va koʻmakdir.

Zarafshon shahrida ham “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami ortayapti. Mahalla xayriya jamoat fondi Zarafshon shahar boʻlinmasi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” xayriya jamgʻarmasiga tadbirkorlar va tashkilotlar tomonidan qisqa vaqtda xayriya mablagʻlari kelib tushmoqda. Shaharda ushbu mablagʻlarni umumlashtirish va tasarruf etish boʻyicha shtab faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi. Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, mahalliy kengashlar deputatlari tomonidan ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, nogironi bor oilalar oʻrganilib, roʻyxatlari shakllantirildi. Zarafshon shahar birinchi sektor hududidagi Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yigʻinida 2343 nafar oila istiqomat qiladi. Oʻrganishlar jarayonida hududda 45 nafar koʻmakka muhtoj oila borligi aniqlandi. Ularni 3 oy davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab turuvchi dastlabki koʻmak ishlari amalga oshirildi.

- Hozirgi ogʻir paytda aholining ehtiyojmand va koʻmakka muhtoj qatlamlariga yordam qoʻlini choʻzish, ularni har qachongidan ham koʻproq qoʻllab-quvvatlash biz tadbirkorlarning burchimiz. Umuman olganda, hech bir zarafshonlik tadbirkor bunday xayrli va ezgu ishda chetda turmaydi, - deydi Amirbek-Zarafshon xususiy korxonasi rahbari Sadriddin Roʻziyev.

Shu kabi ezgu ishlarning koʻlami muborak Ramazon oyiga hamohang ravishda tobora kengayib boraveradi.

Umid Xudoyqulov,
Zarafshon shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari