Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saxovat va mehr-oqibat ayyomida ezgu amallar va yo‘qlovlar yanada ko‘paydi
12:36 / 2022-05-01

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida ezgu amallar oyi bo‘lgan Ramazonda savobli ishlar ko‘lami yanada ko‘paydi. Bu oy barcha musulmonlar uchun ma’naviy poklanish va asrlar davomida shakllangan qadriyatlarimizga intilish oyidir. Ayniqsa, Iydi Ramazon hayiti arafasida insonlar bir biriga mehr-oqibat ko‘rsatishga, savobli ishlarni qilishga oshiqadi.

Ayni muborak kunlarda joylarda yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan, bemorlar holidan har qachongidan ko‘p xabar olinmoqda, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Tuman bo‘ylab xayrli tadbirlar yanada kengayib, ko‘plab oilalarga shodumonlik ulashmoqda.

bugungi ezgu tadbirlar davomida ham 500 dan ziyod  ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, 100 yoshdan oshgan va “daftar”larga kiritilgan xonadonlarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Ushbu xayrli amalni bajarishda tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari yaqindan ko‘makchi bo‘lmoqda.

Tuman hokimi Sherzodjon Yo‘ldoshev hamda hokimlik mas’ullari ham ana shunday oilalar, yuz bilan yuzlashgan kayvonilar hamda oilaviy bolalar uylarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi. Xonadon vakillari bilan dildan suhbatlarda ularni fazilatli oy va hayit ayyomi bilan qutladi.

Saxovat va mehr-oqibat ayyomi muborak Ramazon hayiti arafasida bu kabi ezgu amal va xayrli yo‘qlovlar barcha hududlarda davom etmoqda.

M. Sulaymonov,
O‘zA