Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saxovat va ko‘makdan munavvar dillar
16:58 / 2022-09-10

Mahalla xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimiz hayotiga quvonch olib kirmoqda.

Masalan, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyasiga ko‘ra, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi 681 ta oilaning 1 ming 267 nafar farzandiga yangi o‘quv yili oldidan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hamda Mahalla xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan maktab formalari olib berildi.

Tuman hokimligida tashkil qilingan tadbirda sektor rahbarlari, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Tuman hokimi bilimga chanqoq o‘quvchilarni tabrikladi. Shundan so‘ng ota-onalar ishtirokida o‘quvchilarga maktab formalari topshirildi.

Bundan tashqari, tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan ehtiyojmand oilalar yo‘qlab kelinmoqda. Jumladan, mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tumandagi nogironligi bor hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olindi. 

Tuman sektor rahbarlari tomonidan ko‘makka muhtoj oilalarga nogironlik aravachasi va Mahalla xayriya jamoat fondi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Sektor rahbarlari xonadon egalari bilan suhbat qilib, ularni eng aziz, eng ulug‘ bayram bilan qutladi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.