Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi yordami bilan oilalar doimiy daromadga ega bo‘ldi
15:39 / 2021-09-22

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi yurtdoshlarimizning tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga xizmat qilmoqda.

Bugun minglab vatandoshlarimiz «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.

– Asosan, mavsumiy ishlarga yollanib, ro‘zg‘or tebratayotgan edik, – deydi Shahrisabz tuman «Xontepa» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Nazira Mardonova. – Endi esa doimiy daromad manbaiga egamiz. O‘zimizni tuxum va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlay olamiz. Oilamizdan ortgan mahsulotni esa bozorga olib chiqib sotishimiz ham mumkin.

Ta’kidlash kerak, ayni kunlarda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shahrisabzlik kam ta’minlangan oilalarga parranda tarqatilmoqda.  

«Mahalla» fondi  bergan ma’lumotiga ko‘ra, xayriya tadbirlari davomida salkam 250 nafar ehtiyojmand oilaning har biriga 20 donadan tovuq hamda tovuqlar uchun 10 kilogramdan ozuqa mahsulotlari xayriya yordami sifatida yetkazib berildi.

Buning uchun jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qariyb 210 million so‘m mablag‘ sarflandi.

 

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA