Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi orqali fuqarolar qaysi yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlanmoqda?
17:00 / 2023-03-16

Surxondaryo viloyatida fuqarolar «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi orqali qaysi yo‘nalishlarda moddiy qo‘llab-quvvatlangani statistik tahlil qilindi.

2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, jamg‘arma hisobidan viloyatda istiqomat qilayotgan 9973 ta ehtiyojmand oilaga moddiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdori 6757,8 million so‘mni tashkil qilgan. Shundan kundalik iste’mol tovarlari uchun 4981 ta oilaga (ajratilgan mablag‘larning 22,6 foizi), moddiy yordam uchun 1205 ta (42,9 foiz), dori-darmon vositalari uchun 33 ta oilaga (7,3 foiz) yordam ko‘rsatildi.  

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi Furqat Islomovning ma’lum qilishicha, jamg‘armadan Xalq deputatlari kengashi qaroriga binoan «Temir daftar» ro‘yxatida turgan 11 307 oilaga 20031,6 million so‘m sarflangan. Mablag‘lar mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud bo‘lgan oilalarning bandligini ta’minlash (48 ta oila), moddiy yordam (3999 ta), sog‘ligini tiklash (241 ta), kundalik iste’mol tovarlari xaridi (7216 ta) va boshqa xarajatlar (423 ta)ga yo‘naltirildi.  

Shu singari jamg‘armadan «Ayollar daftari»dagi xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha 906 nafar ayolga 1094,9 million so‘m mablag‘ sarflandi. Mablag‘lar kundalik iste’mol tovarlari xaridi (264 nafar), moddiy yordam (217 nafar), sog‘ligini tiklash (98 nafar), ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz qizlarning bandligini ta’minlash (50 nafar) va boshqa xarajatlar (277 nafar)ga yo‘naltirilgan.  

O‘zA