French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Saxovat va ko‘mak” – insonlarga ko‘makchi
06:00 / 2022-03-23

Yurtimizning barcha go‘shalarida Navro‘z umumxalq bayrami nishonlanayotgan shu kunlarda Sirdaryo viloyati Guliston tumanining “Yulduz”, “Zarbdor”, “Terakzor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolardan bir guruhiga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, sog‘ligida muammosi bor fuqarolar sog‘ligini tiklab olishi uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat bo‘limi, bo‘lim qoshida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan yordam ko‘rsatildi.

– O‘g‘lim, Shamshodjon tug‘ma yurak porogi kasalligi bilan tug‘ilgan, – deydi terakzorlik Normurod Mirzaqulov – Olib bormagan, murojaat qilmagan tibbiyot muassasasi qolmadi. Qo‘l kaltaligi qursin. Topganing ro‘zg‘ordan ortmagach, davolatish, farzandimni sog‘ligini tiklashda anchagina qiynalib qoldim. “Temir daftar”da turganligim sababli, tuman hokimligi va “Mahalla” fondining tuman bo‘limiga murojaat etdim. Respublika klinikalarida davolanib, sog‘ligini tiklab qaytishi uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 26 million so‘m mablag‘ ajratib berildi. Hozir ancha yaxshi bo‘lib qoldi. U "AKFA MEDLINE" davolash markazida davo muolajalarini olayapti. Unga malakali tibbiyot xodimlari yordam ko‘rsatayapti.

Bunday beg‘araz va saxovat yordami Shahnoza Ismoilovaga ham ko‘rsatildi. Unga  8 million so‘m ajratib berildi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan tumandagi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Bu esa, ularni hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun madad bo‘layotir.

O‘zA